08:49 / 24.02.2018
18903

Toshkent IIBB yo‘l belgilarini xatlovdan o‘tkazmoqda

Hozirgi kunda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan shahar ko‘cha va yo‘llaridagi 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” va 3.28 “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilarini xatlovdan o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Xatlov jarayonida yuqorida qayd etilgan yo‘l belgilarining harakat ishtirokchilariga ko‘rinish darajasiga, shuningdek ularning ko‘cha va yo‘llar belgilangan qismlaridagi mavjud holatga mosligiga e'tibor qaratilmoqda.

Xatlov natijalariga ko‘ra o‘z ahamiyatini yo‘qotgan 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgilari olib tashlanib, 3.28 “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilariga almashtirilmoqda.

Ta'kidlanishicha, ushbu yo‘nalishda ko‘rilayotgan choralar yo‘l harakati ishtirokchilariga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi va yo‘lovchilarni muammosiz tushirib chiqarish imkoniyatini beradi.

 

Top