15:10 / 11.04.2018
7442

XVJ rahbari jahon iqtisodiyoti haqida: bulutlar yaqinlashmoqda

Foto: Reuters

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) rahbari Kristin Lagardning ma'lum qilishicha, jamg‘arma hamon global o‘sish istiqbollariga ijobiy kayfiyatda qaramoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Shuningdek uning ogohlantirishicha, fiskal stimullar pasayib borayotgani va foiz stavkalari oshib ketayotgani tufayli «bulutlar yaqinlashmoqda».

Lagardning ta'kidlashicha, jahon iqtisodiyotidagi asosiy ustuvor narsalar quyidagilar sanaladi: proteksionizmdan chetlashish, moliyaviy xatarlardan himoya va uzoq muddatli o‘sishni ta'minlab berish. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) rahbari Kristin Lagard yevrohudud uchun «yomg‘irli kun jamg‘armasi»ni tashkil etish taklifi bilan chiqqandi.

Mavzuga oid
Top