11:30 / 26.04.2018
35206
Reklama

Alibazar.uz asoschisi Alisher Avazov yutuqli tanlov e'lon qildi

Alibazar.uz xonadonlarni ta'mirlash bo‘yicha loyiha uchun eng yaxshi nomni aniqlashga bag‘ishlangan tanlov haqida e'lon qildi.

Foto: Alibazar.uz 

Loyiha uchun mos deb topilgan nom egasiga mukofot sifatida oz emas, ko‘p emas – 5 000 000 so‘m o‘ynalmoqda. Birgina izoh bilan 5 mln so‘m yutib olish imkoniyati sizda mavjud.

Bu hali hammasi emas. Eng yaxshi g‘oya muallifi Alibazar.uz asoschisi tomonidan Business lunch’ga taklif etiladi. Uchrashuvda g‘olibning takliflari bilan batafsil tanishib chiqiladi.

Bu tasdiqlangan loyiha nomi ostida ko‘rsatuvlar tayyorlanadi. Aynan siz tanlagan nom ko‘rsatuv nomiga aylanadi. Ko‘rsatuv xuddi Rossiya telekanallari orqali efirga uzatiladigan «Dachnyy vopros», «Shkola remonta» kabi talqinda bo‘ladi va unda keyingi tanlovlarda g‘olib chiqqan ishtirokchilarning xonadonlari mutlaqo bepul ta'mirlab beriladi.

5 mln so‘m yutib olish uchun nima qilish kerak? Barchasi oddiy. Demak, shartlar quyidagicha: 

- Izohlarda takrori bo‘lmagan original va kreativ nomni yozib qoldirish
- Bu xabarga Like qo‘yish
- Uni o‘z sahifangizda bo‘lishish (podelitsya).

G‘olib nomi 28 aprel kuni e'lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish: facebook.com/AvazovAlisher/

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top