23:28 / 05.05.2018
15155

Yana uch nafar o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozondi

Foto: KUN.UZ

«O‘zbekiston» sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan boks kechasining yana uchta jangi bo‘lib o‘tdi.

-69,85 kg vazn toifasida ringga chiqqan Ulug‘bek Sobirov gruziyalik Georgiy Jinxaradzeni nokautga uchratib, o‘zining g‘alabalari sonini 5taga yetkazib olgan bo‘lsa, yana bir jangda -53,52 kg vazn toifasida Olim Nazarov yana bir gruziyalik Kvicha Gigolashviliga qarshi ringga chiqdi. 10 raund davom etgan jangda Nazarov ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozondi.

Kechaning markaziy janglaridan birida Malayziyada faoliyatini davom ettirayotgan Jasur Abdurahmonov (66,67 kg) indoneziyalik Steviye Ongen Fernandusga qarshi ringga chiqdi. 8 raund davom etgan uchrashuvda Abdurahmonov ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozondi va g‘alabalari sonini 5taga yetkazib oldi.

Eslatib o‘tamiz, keyingi janglarda Qudratillo Abduqahhorov va Azizbek Abdug‘ofurov WBC Silver kamari uchun ringga chiqishadi.

Top