10:57 / 06.05.2018
5429

«Portu» «Benfika»ning 4 yillik gegemonligiga barham berdi

«Portu» Portugaliya chempionatining 2017/18 yilgi mavsum chempioniga aylandi. «Ajdarlar» 33-turda «Sporting» va «Benfika» jamoalari o‘zaro o‘yinda durang (0:0) qayd etishgach, chempionlikni rasmiylashtirishdi.

Foto: Bleacher Report

Portugaliyada chempionat tugashiga bir tur qolganida «Portu» «Benfika» va «Sporting»ni 4 ochkoga ortda qoldirib ketdi va endilikda ta'qibchilari yeta olmaydigan darajaga chiqdi.

«Portu» o‘z tarixida 28-marta, 2012/13 yilgi mavsumdan buyon ilk marta Portugaliya chempionatida zafar quchdi. Bungacha «Benfika» ketma-ket 4 mavsum hech kimga titulni bermay kelayotgandi. Ayni vaqtda Portugaliyada chempion bo‘lish bo‘yicha «Benfika» rekordchi (36 marta) sanaladi. Kuchli uchlikni «Sporting» (18) yakunlab beradi.

Foto: NEWS.CN
Mavzuga oid
Top