18:43 / 09.05.2018
16864

Toshkentdagi Botanika bog‘i 10-13 may kunlari soat 14:00 gacha ishlaydi

Foto: Kun.uz

9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tgan Toshkentdagi Botanika bog‘i 10-13 may kunlari 10.00 dan 14.00 gacha ishlaydi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bergan

Qayd etilishicha, Botanika bog‘i bugun soat 17.00 ga qadar ishlagan.

«Hurmatli toshkentliklar va shahrimiz mehmonlari! 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tgan Botanika bog‘i bugun soat 17.00ga qadar ishlashini ma'lum qilamiz. 10-13 may kunlari esa ish vaqti soat 10.00 dan 14.00 gacha etib belgilangan», - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top