19:06 / 06.06.2018
27760

Prezidentning “Jizzax akkumulyator zavodi” bo‘yicha qarori qabul qilindi 

Foto: daz.uz

“Jizzax akkumulyator zavodi” AJni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bergan.

Qarorga muvofiq “Jizzax akkumulyator zavodi” AJning ustav kapitalida “O‘zavtosanoat” AJga tegishli ulushning 51,78 foizi (aksiyalar paketi) belgilangan tartibda xorijiy investorlarga sotiladi.

Shu munosabat bilan “O‘zavtosanoat” AJga aksiyalar paketining bozor qiymatini aniqlash va ularni belgilangan tartibda birja savdolariga qo‘yish topshirildi.

Mavzuga oid
Top