19:24 / 14.06.2018
8564

To‘rtinchi sektor rahbari ikki nafar fuqaroning ko‘zi operatsiya qilinishini zimmasiga oldi

O‘zbekistonning barcha hududlarida aholining turmush darajasini yanada yaxshilashga, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

To‘rtinchi sektor rahbari – Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Normat Tursunov va mutasaddilar sektor hududidagi xar bir xonadonga uyma-uy yurib, aholining muammolarini o‘rganishdi. Muborak Ramazon kunlari kam ta'minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironlar xolidan xabar olindi.

Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi

Xususan, Chilonzor tumani, “Do‘mbirobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Serquyosh ko‘chasida yashovchi Munojat Fayzullayeva 2 nafar o‘g‘li borligi va ularning ikkalasining xam ko‘zlari zaif ko‘rishi va jarrohlik amaliyoti uchun mablag‘ yetarli emasligini ma'lum qildi.

Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi

Sektor rahabarining sa'y-harakati bilan Munojat Fayzullayevaning ikkala farzandlari “Nurmed” klinikasida operatsiya qilinadigan bo‘ldi. Hozirda ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib operatsiyaga tayyorlanmoqda.

Uyma-uy yurib, o‘rganish jarayonida Chilonzor tumani, O‘smur 1-tor ko‘chasi 11/1-uyda yashovchi Feruza Xamraliyeva yashab turgan uyi devorlari nurab, achinarli ahvolga kelib qolganligi, xonadon egasi kam ta'minlangan oila bo‘lganligi sababli ta'mirlash ishlarini bajara olmayotganligi ma'lum bo‘ldi. Mutasaddilarning ko‘magi bilan qurilish ishlari boshlanib, hovli va uning atrofi obodonlashtirildi.

Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi

Feruza Xamraliyevaga tikuvchilik mashinasi ajratilib, uyida kasanachilik faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratildi.

Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi

Chilonzor tumanida joylashgan “Toshkent transport kasb-hunar kolleji”da o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabul ham bevosita hududlarni kompleks rivojlantirish, obodonlashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va turmush darajasini yanada oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarlikning oldini olish va bu borada olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirishga qaratildi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit olish, issiq suv va elektr energiyasi ta'minoti bilan bog‘liq masalalar o‘rtaga tashlandi. 

Kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatishga alohida e'tibor qaratildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 5ta oilaga tikuv mashinasi hamda 4ta oilaga mikroto‘lqinli pech taqdim qilindi.    

Mavzuga oid
Top