12:02 / 30.06.2018
10516

Afg‘oniston prezidenti «Tolibon» bilan vaqtinchalik sulh tugaganini e'lon qildi

Foto: AP/ Rahmat Gul

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani «Tolibon» radikal guruhi bilan vaqtinchalik sulh o‘z yakuniga yetgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda TOLOnews xabar bermoqda.

«Prezident G‘anining ma'lum qilishicha, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi tugadi, hamda xavfsizlik kuchlari amaliyotlarni davom ettiradi. Uning ta'kidlashicha, «Tolibon»ning ko‘plab a'zolari tinchlikni xohlaydi va vaqtinchalik sulh «Tolibon» urushdan charchaganini isbotladi», - deyiladi telekanal xabarida.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hukumat jangarilar uchun xavfsizlik hududlarini yaratish yoki hududlarni kimgadir berishni istamaydi. G‘anining ta'kidlashicha, hukumat «Tolibon»ni siyosiy guruhga aylantirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston IIV rahbari «Tolibon» a'zolari bilan uchrashgandi

Top