23:42 / 03.07.2018
4424

Kun raqami: App Store foydalanuvchilari 130 milliard dollardan ortiq pul sarflashdi

Foto: App Annie

App Annie kompaniyasi App Store'ning yaqinlashib kelayotgan 10 yillik yubileyiga bag‘ishlab ilovalar onlayn-do‘koni yutuqlari haqida batafsil hisobotni tuzib chiqdi. Ilk 10 yilda App Store foydalanuvchilari tomonidan 170 million marta yuklovlar amalga oshirilgan. 

2010 yilning iyulidan 2017 yilning dekabriga qadar foydalanuvchilar 130 milliard dollardan ortiq pul sarflashgan. 2018 yilning may oyi holatiga ko‘ra, App Store'da 2 milliondan ziyod ilovani yuklash mumkin bo‘ldi. 1 million dollar ko‘rsatkichidan hatlab o‘tgan ilovalar soni esa 10 mingga yaqinni tashkil qildi. 

Eng ko‘p yuklangan ilovalar ro‘yxatidan Facebook hamda  Facebook Messenger, YouTube, Instagram va WhatsApp o‘rin oldi. Foydalanuvchilar xarajatlari bo‘yicha Netflix, Spotify va Pandora Radio yetakchilik qilmoqda.

Mavzuga oid
Top