19:50 / 09.07.2018
8539

Fransiya prezidentining reytingi keskin tushib ketdi

Foto: REUTERS

Fransiya iqtisodiyotini yangilash bo‘yicha islohotlar mamlakat prezidenti Emmanuel Makronning fuqarolari orasidagi obro‘si tushib ketishiga sabab bo‘ldi. Hozirgi vaqtda uni qo‘llab-quvvatlovchilar soni 62 foizdan 43 foizgacha tushib ketgan.

Emmanuel Makron bir yildan ortiqroq vaqtdan beri prezident lavozimida ishlab kelmoqda. Garchi bu uncha katta muddat bo‘lmasa-da, uning Fransiya siyosiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalarini isloh qilish bo‘yicha qat'iy qadamlari turli fikrlarni uyg‘otdi. 

«KANTAR Sofres» ijtimoiy fikrni o‘rganish instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, so‘ralganlarning 54 foizi Makron tashabbusini qo‘llamasligini bildirgan. 34 foiz kishi qoniqish hosil qilayotganlarini aytgan. 12 foiz kishi biror xulosa bildira olmagan. 

BVA instituti o‘tkazgan ijtimoiy so‘rovga ko‘ra, 2017 yil mayidan 2018 yil mayigacha joriy etilgan choralarning 16tasidan 10tasi ijobiy baholangan. Mehnat kodeksini o‘zgartirish va muhojirlarga doir qonun loyihasi, soliqlar va transport vositalari harakat tezligini cheklash aholining jiddiy noroziligiga sabab bo‘ldi. 

Top