12:10 / 10.07.2018
8201

Microsoft sotib olgan xizmat va kompaniyalarga nima bo‘ldi?

Foto: Reuters

Skype, Nokia va GitHub xaridi fonida boshqa kompaniyalar taqdirini yodga olamiz.

4 iyun kuni Microsoft kodni saqlash va birgalikda dasturlar ustida ishlash uchun mo‘ljallangan mashhur servis GitHub’ni sotib olganini rasmiy ravishda e'lon qildi. Kam uchraydigan vaziyat – kompaniya hatto kelishuv summasini ham oshkor etdi: u 7,5 millard dollarga teng.

Dastur ishlab chiqaruvchilari orasida ular tomonidan yaratilgan dasturlarni saqlash uchun servisning oltin standartiga GitHub’ning kelajakdagi taqdiri borasida xavotir paydo bo‘la boshladi. GitHub kod ochiq holda ishlatilganida uni bepul saqlash – ya'ni open-source (ochiq manba) tamoyiliga rioya qilardi. Kelishuvdan keyin  servisni tark etadigan asoschilardan biri Kris Vonstretning o‘rniga keladigan yangi rahbar Nat Fridman ochiq manba tamoyilini qo‘llab-quvvatlaydi, degan fikr mavjud. Microsoft tarixida kompaniya ochiq manbaa dastur ishlab chiqaruvchilariga zug‘um o‘tkazgan holatlar kam emas. Masalan, dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi SCO hamda  Linux’dagi qurilmalar, masalan IBM, Novell va Daimler Chrysler kabi turli kompaniyalar o‘rtasidagi sud mojarosini yashirincha moliyalashtirgan.

O‘zining qirq yildan ortiq tarixi davomida Microsoft ikki yuzdan ortiq kompaniya va servislarni xarid qilgan. Biroq ko‘pincha bundan keyin ularning mahsuloti foydalanuvchilar uchun yaxshi bo‘lmagan tomonga o‘zgargani tanqid qilingan. Korporatsiya tomonidan Nokia, Skype, LinkedIn, Hotmail va boshqa kompaniyalar sotib olingach, ularga nima bo‘lganini yodga olamiz.

Ilk xarid qilingan kompaniyalar

Microsoft tomonidan ilk sotib olingan kompaniya Forethought bo‘lgan. U taqdimotlarni yaratish va o‘tkazishni ishlab chiqish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik Power Point nomi bilan mashhur bo‘ldi. Microsoft  Forethought uchun 14 million dollar to‘lagan.

1997 yilda redmondlik korporatsiya Hotmail servisini yarim milliard dollarga xarid qildi. Dastlab u MSN servisiga birlashtirildi, hozir esa u Windows Live’ning bir qismi sanaladi.

Foto: Hotmail
Hotmail’ning Microsoft’gacha bo‘lgan tarixi

2000 yilda Microsoft o‘sha davr uchun yana bir yirik bitimni imzoladi. Visio kompaniyasini 1,3 milliard dollarga sotib oldi. U blok-chizma va diagrammalarni yaratish uchun Visio nomli ilovani yaratish bilan shug‘ullangan. Bu mahsulot Office  paketi tarkibida Microsoft’ga hozirgi kunga qadar millionlab dollar keltiradi.

Visio 2018 yilda qanday ko‘rinishda?

 

Foto: Visio ​​​​​​

Navision  kompaniyasi 2001 yilda Microsoft’ning navbatdagi yirik xaridiga aylandi. U biznes-hisob yuritish tizimini ishlab chiqish bilan shug‘ullangan. Aynan shu sohada qo‘lga kiritilgan Great Plains Software bilan yagona Microsoft Dynamics nomi ostida birlashtirildi. Microsoft fikriga ko‘ra, sektorda yirik kompaniyalarni zudlik bilan qo‘lga kiritilishi korporativ dasturiy ta'minotda yetakchilikka olib borishi kerak edi. Buning uchun kompaniya 3 milliard dollar sarmoya qildi, biroq natijada omadsizlikka uchradi. Bozor raqobatchilar Salesforce hamda Oracle tomonidan bo‘lib olindi.

2007 yilda Microsoft o‘sha yil uchun rekord ko‘rsatkich – 6,3 milliard dollarga aQuantive reklama kompaniyasini xarid qilish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirdi. Sotib olinguniga qadar kompaniya dunyo reklama agentliklari orasida 14-o‘rinni egallagan va digital-reklama sohasida bir necha sho‘'ba firmalarga egalik qilgan. aQuantive yordamida Microsoft internet-reklama bozorida Google bilan raqobatlashishni istadi, biroq xatoga yo‘l qo‘ydi va bir necha yildan so‘ng 6,2 millard – kelishuvning deyarli barcha summasi chiqimga aylandi.

Skype

2011 yilda Microsoft videoqo‘ng‘iroqlar servisini 8,5 milliard dollarga sotib oldi. Yana bir marta kelishuv hajmi bo‘yicha rekord qo‘ydi. Xarid vaqtida kompaniya o‘z sohasida monopoliyachi edi: kimdir internet orqali qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lsa, buning uchun Skype’dan foydalanardi.

Foto: Skype​​​​​​
Skype’ning 2013 yilda birinchi qayta dizaynlashtirishgacha bo‘lgan interfeysi

Microsoft tomonidan xarid servisga salbiy ta'sir ko‘rsatdi: korporatsiya uni Xbox va Live Messenger kabi servislariga birlashtirdi. Windows 8 uchun mavjud bo‘lganlardan tashqari boshqa mijozlarni yo‘lga qo‘ydi. Skype’da

2014 yilda Microsoft servisni ilk marta qayta dizaynlashtirdi: guruh chatlari bepul bo‘ldi, matnli xabarlar interfeysi o‘zgartirildi va kontekst menyusiga Bing qidiruv tizimi qo‘shildi.

Foto: Skype​​​​​​
Skype’ning 2014 yilda qayta dizaynlashtirishdan keyingi ko‘rinishi

2017 yilda Microsoft Skype’ni yana bir marta qayta dizaynlashtirdi. “Tarix”ga ega messenjerga aylandi. Interfeys ustida qayta ishlandi va bu safar yorqin elementlar qo‘shildi. Yangilanish faqat mobil ilovalarga tegishli edi.

Foydalanuvchilar va hamjamiyat tomonidan bildirilgan tanqidlarga qaramay, Microsoft tomonidan messenjer sotib olingach, u o‘sishni davom ettirdi. 2013 yilda bir vaqtning o‘zida 50 million foydalanuvchilar va savdo   ikki milliard dollarlik darajaga yetdi. So‘nggi yillarda servis korporativ muloqotning asosiy standartlaridan biriga aylandi.

Foto: Skype​​​​​​
Skype’ning yangi dizayni desktop versiyadagi prevyu-matn

Nokia

2013 yilda Microsoft Nokia’ning mobil yo‘nalishini 5,4 milliard yevroga sotib oldi. Korporatsiya fin kompaniyasining patent va brendlaridan foydalanish huquqini qo‘lga kiritdi. Nokia kompaniyasining 32 ming nafar xodimi Microsoft shtatiga o‘tdi.

Foto: Microsoft​​​​​​
Windows Phone’dagi Microsoft Lumia 950. CNet surati

Matbuotda u hozirga qadar IT-biznesning eng yomon bitimi hisoblanadi.Apple va Google’dan ortda qolmaslik maqsadida Microsoft o‘z kuchi bilan smartfon ishlab chiqarish va Windows Phone’da o‘z platformasini ilgari surishga qaror qildi. Biroq u foydalanuvchilar orasida mashhurlikka erisha olmadi: 2017 yilning boshida tizim dunyodagi barcha telefonlarning bor-yo‘g‘i 0,1 foizidagina o‘rnatilgan.

Mutaxassislar Windows Phone vafoti haqida gapirayotgan bir paytda Microsoft uni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechdi. 2016 yilda Amerika kompaniyasi Foxconn sho‘'ba korxonasiga mobil biznesni 350 million dollarga sotib yubordi.

Foto: Nokia ​​​​​​

O‘sha vaqtning o‘zidayoq Nokia o‘z brendi ostida smartfonlarni chiqarish huquqini qaytarib oldi, Xitoyning HMD-Global kompaniyasi bilan kelishib, 2017 yilning boshida qurilmani Android’da taqdim etdi. Microsoft kelishuvning deyarli butunlay hajmi miqdorida zarar ko‘rdi va hozirda mobil biznesga qaytishni rejalashtirayotgani yo‘q.

Mojang

2014 yilda Microsoft’ga bosh direktor Satya Nadella kelganidan so‘ng kompaniya tomonidan qo‘lga kiritilgan servislarga nisbatan yumshoq siyosat qo‘llanila boshladi. “Qum maydoni” janridagi mashhur o‘yin Minecraft ishlab chiqaruvchisi korporatsiya tomonidan 2,5 milliard dollarga sotib olindi. Mojang o‘yin studiyasining barcha asoschilari uni darhol tark etishdi, biroq muxlislarga o‘yin bilan “hammasi yaxshi bo‘ladi” deya va'da berdilar.

Foto: Mojang

O‘sha vaqtdan boshlab o‘yinga doimiy ravishda yangi ma'lumot va rejimlar qo‘shib borildi. Bundan tashqari, kompaniya Minecraft to‘g‘risidagi filmni ekranlashtirish huquqini sotdi va o‘yinni ilgari mavjud bo‘lmagan ko‘plab boshqa platformalarga chiqarish orqali franshizani rivojlantirishni boshladi.

HockeyApp

2014 yilda Microsoft HockeyApp mobil ilovalarini sinovdan o‘tkazish va tarqatish uchun mo‘ljallangan servisni ham sotib oldi. Kelishuv summasi noma'lumligicha qoldi.

Foto: HockeyApp2018
HockeyApp2018 yilda

Microsoft servisni Visual Studio App Center’ga birlashtirdi. Tanqidchilarning fikrlaridan farqli ravishda HockeyApp ko‘p platformada ishlaydigan holatini saqlab qoldi. U hozirda ham iOS, macOS, Android va Windows’da ham ishlaydi.

Beam/Mixer

2016 yil avgust oyida Microsoft striming va birgalikda o‘ynash uchun mo‘ljallangan Beam servisini sotib oldi. U boshqaruvni muayyan vaqtlarda o‘yinchilarga translyatsiya orqali berish imkoniga ega edi. Xarid paytida kompaniya ommaviy sinovni endigina ishga tushirgandi.

Foto: Beam/Mixer
HockeyApp2018 yilda

Xarid qilinganidan so‘ng bir yil o‘tgach, servis Mixer nomi ostida qayta ishga tushirildi, Xbox va Windows ekotizimiga integratsiya qilindi. Unga bir necha yangi funksiyalar qo‘shildi: masalan, bir vaqtning ichida to‘rtta yetakchiga ega guruh strimingi. Nomning o‘zgartirilishi global ishga tushirilishda nomlashdagi muammolar bilan tushuntirildi. Beam jamoasi esa butunlay Microsoft’ga o‘tib ketdi. 2017 yildan boshlab servisning taqdiri to‘g‘risida yangiliklar bo‘lmadi.

LinkedIn

LinkedIn’ni 2016 yilda 26,2 milliard dollar qo‘lga kiritilishi Microsoft kompaniyasining hozirgi kunga qadar eng yirik kelishuvi sanaladi. Satya Nadella u kompaniyaga korporativ CRM-tizimi bozoridagi o‘rnini mustahkamlashga yordam berishiga ishondi.

Foto: LinkedIn

Microsoft LinkedIn’ni o‘zining Microsoft Office kabi boshqa servislari bilan integratsiya qilishga qaror qildi. Microsoft xarid qilganidan ikki yil o‘tgach servis deyarli o‘zgarmadi.

Mavzuga oid
Top