17:10 / 16.07.2018
28314

Oliy ta'lim vaziri: «Stipendiya summalari o‘rtasidagi farq nosog‘lom muhitni keltirib chiqarmoqda»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidovga ko‘ra, stipendiya summalari o‘rtasida katta farq bo‘lmasligi kerak, chunki bu talabalar o‘rtasida nosog‘lom muhitni vujudga keltirmoqda. Bu haqda u Kun.uz'ga bergan intervyusida ta'kidlab o‘tgan.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov/Kun.uz

«O‘zbekiston oliy ta'lim tizimida stipendiyaning differensiyalashgan tartibi yo‘lga qo‘yilgan va uni hammaga bir xil taqsimlash taklifi kiritildi. Lekin ijtimoiy tarmoqda talabalar oldingi tizimni ma'qul ko‘rishdi. Yana bir jihatni alohida aytib o‘tish kerak: stipendiya summalari o‘rtasida katta farq bo‘lmasligi kerak, chunki bu talabalar o‘rtasida nosog‘lom muhitni vujudga keltirmoqda. Muammoni bartaraf qilish borasida takliflar atroflicha o‘rganilyapti. Jarayon to‘xtab qolgani yo‘q. Stipendiya talabani rag‘batlantirishning bitta yo‘li ekan, boshqa usullarni ham qo‘llab ko‘rish taklifi o‘rtaga tashlandi. Masalan, ko‘proq nomdor stipendiyalarni joriy etish, maxsus jamg‘armalarni tashkillashtirish kerak», deydi vazir.

Inom Majidov bilan intervyuni to‘liq holda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Mover'da ko'rish (Tas-ix)

Youtube'da ko'rish

Top