11:30 / 26.07.2018
12569

AQShning Pekindagi elchixonasi yonida portlash ro‘y berdi

Hong Kong Free Press

AQShning Xitoy poytaxti Pekin shahrida joylashgan elchixonasi yaqinida portlash ro‘y berdi. Bu haqda voqea guvohlariga asoslangan holda Associated Press xabar qilmoqda.

Xitoy davlat nashrlari bir ayol bino oldida o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgani haqida xabar bergan.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, elchixona joylashgan hududga politsiyachilar yetib kelgan, ayol qo‘lga olingan.

Voqea joyida olingan video va fotolarda hududni tutun qoplaganini ko‘rish mumkin.

Hozircha hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Top