19:08 / 04.08.2018
7635

Olimlar gripp va semizlik o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqlashdi

Foto: 123RF

Ortiqcha vaznga ega insonlar gripp bilan yengil vaznlilarga nisbatan uzoqroq og‘rishadi. Michigan universiteti olimlari ana shunday xulosaga kelishdi.

Buni aniqlash uchun ular uch mavsum davomida gripp bilan og‘rigan 1800 nafar kishining kasallik tarixini o‘rganib chiqishdi. Ma'lum bo‘lishicha, virus semiz insonlar organizmida 42 foiz uzoqroq saqlanib turarkan.

Olimlar vazn ortishi immun reaksiyasini buzadi va surunkali shamollash jarayonini keltirib chiqaradi degan taxminga kelishdi. Shu sababli virus inson organizmida uzoqroq saqlanib turadi.

Top