23:05 / 13.08.2018
15507

Toshkentdagi Inxa Universitetiga yangi rektor tayinlandi

O‘zbekiston hukumati Toshkent shahridagi Inxa Universiteti (IUT) rektori vazifasini bajaruvchisini tayinladi. 

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, Muzaffar Jalolov poytaxtdagi Inxa Universiteti tarixidagi uchinchi rektor bo‘ldi. Bu tayinlovga qadar u UNICON.UZ Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi direktorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 

Muzaffar Djalalov

Jalolov IUT'ning ikkinchi rektori Sarvar Boboxo‘jayevning o‘rnini egalladi. Boboxo‘jayev iyun oyida O‘zbekiston xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. 

Ta'kidlash joizki, Inxa universitetining birinchi rektori ayni  damda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri sifatida faoliyat yuritayotgan Sherzod Shermatov bo‘lgan.

Top