13:44 / 01.09.2018
13251

Iqboljon Xoldorov Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi

Indoneziyada Osiyo o‘yinlarining boks bo‘yicha final bahslari davom etmoqda.

-64 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorov oltin medal uchun mo‘g‘ulistonlik Batarsuk Chinzorigga qarshi ringga chiqdi.

U jangda to‘liq ustunlikka erishdi v 5:0 (29:28, 29:28, 30:27, 29:28, 30:27) hisobida g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi.

Uning oltin medali O‘zbekiston boks jamoasining uchinchi, delegatsiyaning 18-oltin medaliga aylandi.

-69 kg vazn toifasida Bobousmon Baturov qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga qarshi, -75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov Qozog‘istonning yana bir vakili Abilxan Amankulga qarshi jang qiladi.

Mavzuga oid
Top