Bugun Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlarining 14-kungi bahslari o‘tkazilmoqda.
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 200 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda Dilnoza Rahmatova marraga uchinchi bo‘lib yetib bordi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 200 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda hamyurtlarimiz Artur Guliyev va Elyorjon Mamadaliyevlar kumush medalga ega chiqishdi.