19:37 / 01.09.2018
27199

Osiyo o‘yinlari. Janubiy Koreya futbolda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, Son Hyon Min harbiy xizmatdan qutuldi

Indoneziyaning Jakarta shahrida Osiyo o‘yinlarining futbol turniri nihoyasiga yetdi.

Foto: REUTERS

Finalda Janubiy Koreya va Yaponiya yoshlar terma jamoasi bahs yuritdi. O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha vaqtlarda koreyaliklarning qo‘li 2:1 hisobida baland keldi. Natijada, ular bosh sovrinni qo‘lga kiritdilar.

Endilikda Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi a'zolari xalqaro musobaqada g‘alaba qozongani tufayli harbiy xizmatga borish majburiyatidan ozod etiladi. Jamoa futbolchilari orasida ayniqsa «Tottenhem» hujumchisi Son Hyon Min shuni istayotgan edi.

Foto: REUTERS
Foto: REUTERS

Uchinchi o‘rin uchun bahsda BAA yoshlari Vetnamni penaltilar seriyasida mag‘lub etishdi va bronza medallariga ega bo‘lishdi.

Osiyo o‘yinlari - 2018, futbol
1 sentabr, Jakarta

Final
Janubiy Koreya U23 - Yaponiya U23 - 2:1 (q.v.)
Gollar: Li Sin U (93), Xvan Xi Chxan (101) - Ueda (115)

3-o‘rin uchun bahs
Vetnam U23 - BAA U23 - 1:1 (pen.3:4)
Gollar: Nguyen (27) - Al-Hoshimiy (19)

Top