19:26 / 05.09.2018
20285

Inha Universiteti rektori o‘zi o‘qigan maktabdagi birinchi qo‘ng‘iroqda ishtirok etdi

Toshkent shahridagi Inha Universiteti (IUT) rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Jalolov 5 sentabr kuni o‘zi tamomlagan poytaxtning Uchtepa tumanidagi 193-sonli maktabiga tashrif buyurib, birinchi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi. O‘zbekiston axborot kommunikatsiya texnologiyalari matbuot xizmati shu haqida xabar berdi

"Qadrdon maktabim va o‘qituvchilarimga olgan bilimlarim uchun minnatdorchilik bildiraman. Sinf rahbarim, ayni damda maktab direktori Nigora opa G‘ofurovaga alohida tashakkurimni izhor etaman, ularning oldida ta'zimdaman. An'anaga ko‘ra, maktab hovlisida barchani to‘plovchi ushbu kunda sizlarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklamoqchiman. Intilishlaringiz  a'lo baholar bilan tugasin, olgan bilim va ko‘nikmalaringiz esa, albatta, hayotingizda kerak bo‘ladi. So‘nggi birinchi qo‘ng‘irog‘iga kelgan o‘quvchilarga esa kelgusida eng dadil g‘oyalarini hayotga tatbiq qilishni, ilk marta maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan bolakaylarga esa sabr-toqat va o‘qishga tashnalikni tilab qolaman. O‘qituvchilaringiz sizdan doim mamnun bo‘lishsin, sizlar esa ularni o‘z muvaffaqiyatlaringiz bilan quvontirib yuring! Bayram muborak! Bilimlar kuni bilan tabriklayman!", - dedi Muzaffar Jalolov o‘z nutqida. 

Foto: O‘zbekiston axborot kommunikatsiya texnologiyalari matbuot xizmati

Bundan avval KUN.UZ'da O‘zbekiston xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovning Prezident tomonidan xalq ta'limi tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha boshlangan tashabbusni qo‘llash maqsadida barcha vazirlik va idoralar rahbarlariga 5 sentabr kuni o‘zlari o‘qigan maktabga borib, yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirda ishtirok etishlarini so‘rab murojaat qilgani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, maktabdagi tadbirda har bir rahbar o‘zining hayotidan misollar keltirib, ular erishgan muvaffaqiyatlarda maktabdagi ta'lim va tarbiyaning roli katta bo‘lgani, qolaversa, o‘quvchilarga maktab davrida yaxshi o‘qib, vaqtdan unumli foydalanish muhimligi haqida qisqacha ma'ruza qilib berish taklifi berilgandi.

Foto: O‘zbekiston axborot kommunikatsiya texnologiyalari matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston axborot kommunikatsiya texnologiyalari matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston axborot kommunikatsiya texnologiyalari matbuot xizmati
Mavzuga oid
Top