13:09 / 11.09.2018
24970

“O‘zbektelekom” Facebook bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Foto: KUN.UZ

Bir necha kun mobaynida bir qator foydalanuvchilar Facebook ijtimoiy tarmog‘i va boshqa veb-resurslarga kirishda muammolarga duch kelmoqdalar, deb yozmoqda “O‘zbektelekom” axborot xizmati. 

“Facebook vakili uzilishlar tabiati mahalliy emas, balki global ekanligi haqida rasmiy bayonot berdi: Markaziy Osiyo va Shimoliy Yevropadagi boshqa mamlakatlarda ham shunday muammolar kuzatilmoqda.

Shunga qaramay, bir qator ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tarmoqlarga milliy operator tomonidan cheklov qo‘yilganligi haqida ma'lumot paydo bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.

“O‘zbektelekom“ AK ushbu xabarlarni inkor etdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda «O‘zbektelekom» AK ma'lumotlar uzatish tarmog‘i muntazam ravishda ishlab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Downdetector ma'lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda Facebook bilan deyarli muammo yo‘qligi, VPN’ning ommabopligi oshayotgani xabar berilgandi. 

Mavzuga oid
Top