19:40 / 12.09.2018
5749

Hindistonda narxi 5,4 mln funt sterling turuvchi oltin idishlar to‘plamini o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi

Foto: PTI

Hindistonning Haydarobod shahri politsiyasi Haydarobod sultonligining so‘nggi hukmdori Usmon Ali Xonga tegishli o‘g‘irlab ketilgan qimmatbaho idishlar to‘plamini topdi. 

Politsiya xodimlarining aytishlaricha, 23 va 24 yoshli ikki jinoyatchi o‘g‘irlikdan so‘ng Mumbaydagi besh yulduzli mehmonxonaga joylashgan. Ular bir hafta davomida o‘zlari turgan xonaga taom keltirishga buyurtma berishgan va oltin idishdagi taomni oltin qoshiqlarda yeb, oltin piyolalarda ichimlik ichishgan.  

Ular bir necha bor zargarlar bilan savdolashishga urinishgan, ammo narx borasida kelisha olishmagan. 10 sentabr kuni pullari tugagan jinoyatchilar Haydarobodga qaytishgan va qo‘lga olingan.

Oltin idishlar to‘plami tartibga keltirilganidan keyin Ali Xonning muzeyga aylantirilgan qarorgohiga qaytariladi. 

Top