21:57 / 12.09.2018
75848

Siz amaldorlarni taniysizmi? – Vodiy viloyatlari hokimlari

Shu kunlarda «Kun.Uz» tahririyati yangi «Siz amaldorlarni taniysizmi?» loyihasini taqdim etdi. Bunday ijtimoiy so‘rovni o‘tkazishdan maqsad, joylarda (viloyatlar kesimida) faoliyat yuritayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari xalq orasiga qanchalik kirgani, ularning dardu tashvishi bilan qanchalik shug‘ullanayotgani haqida tasavvur hosil qilishdan iboratdir. 

Albatta, ijtimoiy so‘rovnoma, avval ham ta'kidlanganidek, qaysi amaldor qanchalik taniqli bo‘lishi barobarida uning o‘z hududida olib borayotgan ishlari qoniqarli yoki qoniqarsiz, yoxud oddiy xalq vakillarining siyosiy-ijtimoiy bilim saviyasini baholashdan yiroq. Bunday mezon qo‘yilmagan. Shunchaki, holatni ochiq-oydin ko‘rsatishdir, xulosa har kimning o‘ziga havola. 

Demak, navbatdagi so‘rov vodiyga safar chog‘ida o‘tkazildi. Unda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimlarini fuqarolar qanchalik taniy olishlari o‘rganildi. Quyidagi videolavhada Namangan va Andijon viloyatlari hokimlarini ushbu hududlar aholisi qanchalik yaxshi bila olishlariga baho berishingiz mumkin.

Mavzuga oid
Top