15:04 / 13.09.2018
12574

Namanganda kuyoviga pichoq urgan shaxs qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 11 sentabr kuni Namangan viloyatining Chortoq tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, shu tumanda yashovchi M.S. “Soraxon aya”  oshxonasi oldida o‘zaro janjal tufayli kuyovi M.A.ning qorniga pichoq urib jarohat yetkazgan. Natijada M.A. kasalxonaga yotqizilib, M.S. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top