14:35 / 14.09.2018
8282

Acer O‘zbekistonda o‘z faolligini oshirmoqda

2018 yil 12 sentabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida kompyuter uskunalari va qurilmalarini ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi Acer kompaniyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 Matbuot anjumani "Acer Markaziy Osiyoda" shiori ostida o‘tkazildi va u kompaniyaning Markaziy Osiyodagi bozorlarida faoliyat ko‘rsatishidan boshlab to Berlinda o‘tkazilgan IFA 2018 iste'molchilar elektronikasi 58-xalqaro ko‘rgazmasida taqdim etilgan innovatsiyalari bo‘yicha masalalarning keng doirasini qamrab oldi.

Acer EMEA mintaqasi vitse-prezidenti Grigoriy Nizovskiy  O‘zbekistondagi kompaniyasining yangi bozor strategiyasi bilan o‘rtoqlashdi, mintaqaning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini namoyish etdi va asosiy muhim mahsulotlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.

— Acer O‘zbekistondagi mahsulot va bozor strategiyasini yuqori daromad keltiruvchi segmentlarga e'tiborni qaratgan holda o‘zgartirmoqda. Kompaniya o‘yinlar turini, qatorini, jumladan o‘yin monitorlari va gadjyetlari turini kengaytiradi. Bundan tashqari biz biznes va foydalanuvchilar uchun asosiy vositalar sifatida ultra yupqa mahsulotlarini taklif etamiz. Portfolioni rejalashtirishda Acer o‘z e'tiborini, birinchi navbatda,raqobatchilar belgilagan narxga emas, balki iste'molchi uchun narx va sifatning eng yaxshi nisbatiga erishishga qaratadi. Ushbu strategiya Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina va boshqa ko‘plab mamlakatlar bozorlarida muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda.

Shu bilan birga, Acer, davlat sektori va hukumat loyihalariga e'tiborini qaratishda davom etadi. Biz e'tirozning eng past koeffitsiyenti bilan mahsulotlarni, konfiguratsiyalarning noyob, mukammal moslashuvchanligini va savdodan keyingi a'lo darajadagi xizmatlarni taklif etamiz, - deydi EMEA mintaqasi Acer vitse-prezidenti Grigoriy Nizovskiy.

Acerning o‘yin liniyasi nafaqat noutbuklar, balki professional kibersportchilar, hamda havaskor geymerlar uchun mo‘ljallangan stol kompyuterlari, monitorlar va gadjyetlarni ham o‘z ichiga oladi.

Predator va NITRO kuchli modellari foydalanuvchilarni yanada ko‘proq erkinlik va muloqot uchun keng joy bilan ta'minlaydi. O‘yin noutbuklari geymerlarga o‘yin va mashqlarni boshqa joylarga o‘tkazgan holda xonadan tashqariga chiqish imkonini beradi.

Ultra yupqa segmentda Acer Switch, Spin va Swift qatoridagi modellarning keng diapazonini taklif etadi. Spin 1 transformeri - bu planshet uchun yaxshi alternativ qurilmaga aylanadi, Swift 3 zamonaviy hayot tarzi uchun yaratilgan, Swift 5 – dunyodagi eng yengil noutbukdir (15dyuymli ekranda 990 gramm), Spin 5 modeli ekstra funksionaldir va ramkasiz ekranli Swift7 esa dunyodagi eng yupqa noutbukka aylandi (atigi 8,98 mm).

Tadbir doirasida Acer o‘zining asosiy modellarini namoyish etdi. Matbuot anjumani ishtirokchilari ko‘rgazma zalida kompaniyaning turli liniyadagi noutbuklarini sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi.

Kompaniya haqida:

1976 yilda tashkil etilgan Acer kompaniyasi dunyodagi yetakchi AKT kompaniyalaridan biri bo‘lib, 160 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. Kompaniyaning faoliyati iste'molchilar va biznes uchun yangi imkoniyatlar ochib bergan holda, apparat ta'minoti, dasturiy ta'minot va xizmatlarni bir-biri bilan birlashtiradigan muhitni yaratishga yo‘naltirilgan. Acer kompaniyasining 7000 dan ortiq xodimi odamlar va texnologiyalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etadigan mahsulot va yechimlarni yaratish uchun tadqiqot, dizayn, marketing, sotish va qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. Qo‘shimcha ma'lumot uchun www.acer.com saytiga tashrif buyuring.

 

Top