01:29 / 14.09.2018
29951

Gallup: O‘zbekiston dunyoning eng baxtli mamlakatlari qatorida

Inson xatti-harakatlarining 70 foizi his-tuyg‘ularga asoslangan bo‘lishini bilasizmi? Ishsizlik, YaIM ko‘rsatkichlarini baholash sog‘lom jamiyatning ba'zi jihatlarini aniqlashga yordam bersa, mamlakat aholisining emotsional holatiga doir ma'lumotlar deyarli yo‘q. Gallup aholining ijobiy va salbiy his-tuyg‘ulariga ko‘ra, mamlakatlarning baxtlilik reytingini taqdim etdi

Gallup Global Emotions reytingiga ko‘ra, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston aholisi dunyoning eng kam salbiy hissiyotlarni boshdan kechiruvchi, ya'ni eng baxtli mamlakatlari top-20 ro‘yxatidan o‘rin oldi. 

Salbiy hissiyotlarning kamligi bo‘yicha birinchi o‘rinda Qirg‘iziston va Tayvan kelgan. Ikkinchi o‘rinda - Qozog‘iston, uchinchi - Estoniya, to‘rtinchi pog‘onada - O‘zbekiston va Ozarboyjon. 

Ulardan keyingi o‘rinlarda Rossiya, Polsha, Mo‘g‘uliston, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Niderlandiya, Mavrikiya, Bolgariya va Belarus nomlari qayd etilgan.

Ta'kidlash joizki, tadqiqot jahonning 142 mamlakati aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan. 

Top