14:06 / 22.09.2018
12137

Pavlodarda o‘zbekistonlik 32 nafar noqonuniy migrant ushlangan

Foto: Altaynews.kz

Qozog‘istonda bo‘lish qoidalarini buzgan 876 nafar xorijlik ma'muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Pavlodarnews Pavlodar oblasti Ichki ishlar departamentiga asosan xabar bermoqda.

«Sudga 358ta ma'muriy ish yuborildi, ularni ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra MDHning 34 fuqarosini mamlakatdan chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilindi. Qozog‘iston Respublikasida vaqtinchalik bo‘lish muddati MDHning 805 nafar va uzoq xorijning bir fuqarosiga nisbatan kamaytirildi», - deya qayd etib o‘tishdi mahkamadan.

Ichki ishlar departamenti ma'lumotiga ko‘ra, chet el ishchi kuchidan noqonuniy foydalanishning 33ta holati aniqlandi. Ma'muriy kodeksning 519-moddasi bo‘yicha xorijiy ishchilarni noqonuniy ravishda ishga yollagan ish beruvchilar ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, 18 kishi Pavlodar Ichki ishlar boshqarmasi vaqtinchalik saqlash joyiga shaxsni aniqlash uchun joylashtirildi.

Politsiyachilar tomonidan «Nelegal-2018» tezkor-profilaktik tadbirida davomida korxonalardan birining bazasida O‘zbekistonning 14 fuqarosi qo‘lga olindi. Ular haydovchilar sifatida tegishli hujjatlarsiz faoliyat yuritgan. Bu shaxslar EKIHning 15 barobari miqdorida ma'muriy jarima va 3 sutkaga qamoq jazosiga mahkum etildi.

Shuningdek, Irtish tumani hududida O‘zbekistonning 18 fuqarosi aniqlandi. Ular joriy yilning may oyidan beri tuman hududida noqonuniy ravishda mehnat faoliyatini amalga oshirib kelgan. Bu shaxslarning bir nafari mamlakatdan chiqarib yuborildi, qolganlariga ma'muriy jarima belgilandi.

Top