09:04 / 27.09.2018
22533

Qoraqalpog‘istonda mudhish YTH: 4 kishi halok bo‘ldi

2018 yil 25 sentabr kuni soat 13:00larda To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tuvchi A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau» avtomobil yo‘lining 596-km/da harakatlanib ketayotgan «Kobalt» rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan «Isuzu» rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, YTH natijasida, 4 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurotadagi YTH oqibatida xorijliklar halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. 

Top