11:22 / 01.10.2018
43105

Zaxarchenkoga uyushtirilgan suiqasd videosi paydo bo‘ldi

O‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» rahbari Aleksandr Zaxarchenkoga uyushtirilgan suiqasd videosi paydo bo‘ldi. Rolik «Rossiya-1» telekanalining YouTube’dagi sahifasida e'lon qilingan.

Videokuzatuv kamerasidan olingan yozuvdan ko‘rish mumkinki, binoning oldiga bir nechta avtomobil kelib to‘xtagan. Avtomobillardan biridan Zaxarchenko tushgan va qo‘riqlash xizmati hamrohligida kirish eshigiga qarab yo‘l olgan. Kafega birinchi bo‘lib uning tansoqchisi kirib, xonani tekshirgan. Shundan so‘ng portlash sodir bo‘lgan.

31 avgust kuni Donetsk markazidagi «Separ» kafesida yuz bergan portlash natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, ular orasida o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») rahbari Aleksandr Zaxarchenko ham bor. Portlashdan keyin olti kishi kasalxonaga olib ketilgan, yana besh kishi kasalxonaga borishdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina razvedkasi Zaxarchenkoga suiqasdni kim tashkillashtirganini ma'lum qilgandi

Mavzuga oid
Top