20:49 / 02.10.2018
46141

Chin do‘st yagona

Sen haqingda hamma narsani biladigan, shu bilan birga seni yaxshi ko‘radigan shaxs chin do‘stdir.

Ba'zida “soni kam bo‘lsa ham, sifatli do‘stlarim bor” deb maqtanib yuramiz. Aslida shundaymi? Ha, ular  yaxshi-yomon kunlarimizda yonimizda bo‘lishga harakat qilishadi. Hatto o‘z manfatidan do‘stining manfaatini ustun ko‘radiganlari ham yo‘q emas. Lekin ba'zan ularning yaxshiliklariga munosib javob qaytara olmasangiz,  chin do‘st deb o‘ylagan kishingizning munosabati sal o‘zgarganiga guvoh bo‘lasiz. Asta-sekin unda o‘zingizga yoqmaydigan holatlarni ilg‘ay boshlaysiz. To‘g‘ri, u ham inson, doim yaxshi bo‘lish imkoni hech birimizda yo‘q. 

Ammo, bir narsani tan olmoq lozim. Aslida chin do‘stning o‘zi yo‘q. Yagona do‘st Ollohdir. U  Zot har qanday holatda sizga yaxshilik qiladi. Holingizdan xabar oladi. Uni xursand qilsangiz ham, norozi qilsangiz ham sizga yordamga kelaveradi. Yaratgan bilan bandaning orasidagi farq  shudir.

Zahiriddin Mansur

Audio versiya

Mavzuga oid
Top