12:24 / 02.10.2018
18384

Samarqandda YTH. “Neksiya” haydovchisi halok bo‘ldi

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 1 oktabr kuni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashagan X.B. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasini “Oqsoy” mahallasidan o‘tuvchi “Samarqand-Qarshi” yo‘lining 34-km.da haydab ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib burilayotgan S.P. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli yuk avtomashinasi yon tomoniga borib urilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top