00:04 / 07.10.2018
11096

«Navbahor» ertaga yangi bosh murabbiyni tayinlaydi

«Navbahor» klubi Andrey Kanchelskisni bosh murabbiy qilib tayinlaydi.

49 yoshli rossiyalik mutaxassis ertaga Namanganga yetib keladi va jamoa bilan shartnoma imzolaydi. U iste'foga chiqarilishi kutilayotgan Ilhom Mo‘minjonov o‘rnini egallaydi.

Ma'lumot o‘rnida, Andrey Kanchelskis 1991-1995 yillarda «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan. Murabbiylik faoliyatida «Torpedo ZIL», «Ufa», «Volga NN», «Yurmala» va «Solyaris» klublarini boshqargan.

Top