20:01 / 08.10.2018
4481

Qatar Airways "Vnukovo" aeroportining 25% aksiyasini xarid qilish bo‘yicha hujjat imzolanishini kutmoqda

Foto: kazembassy.ru

Qatarning Qatar Airways aviakompaniyasi bir necha hafta ichida "Vnukovo" aeroportining 25% aksiyasini sotib olish jarayonini boshlab beruvchi hujjat imzolanishini kutmoqda. Bu haqda aviakompaniya ijrochi direktori Akbar al-Bakirga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

"Hozirda aktivlarni baholash bosqichidamiz, shundan so‘ng hujjat imzolanadi. Bu bir necha hafta ichida amalga oshishi kutilmoqda", — dedi al-Bakir. U Qatar aviakompaniyasi "bu aktivlarga juda qiziqayotganini" bildirdi.

Qatar aviatashuvchisi shu yilning mart oyida "Vnukovo" aeroporti ulushini sotib olmoqchiligini bildirgandi. Aprelda esa Qatar Airways va "Vnukovo" aeroport umumiy aksiyalarining 25%ini sotib olish bo‘yicha memorandum imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, 3 oktabr kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi 2018 yil 28 oktabrdan O‘zbekistondan Moskva shahriga barcha reyslarni “Domodedovo” aeroportidan “Vnukovo” aeroportiga o‘tkazayotganligini ma'lum qilgandi.

Top