Chuvashistonda yuk mashinasi va mikroavtobusning to‘qnashuvi oqibatida 12 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Ma'lum qilinishicha, 10 kishi jarohat olgan.
Yo‘l-transport hodisasi M7 “Volga” trassasida mahalliy vaqt bilan soat 19.10da sodir bo‘lgan.
YTHga “Mersedes” yuk mashinasi haydovchisi sababchi bo‘lgan. U taqiqlangan joyda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Mikroavtobus esa o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan bo‘lgan.