10:06 / 17.10.2018
20789

FVV: Qamchiq dovonida qolib ketgan yosh sportchilarga yordam berildi

15 oktabrdan 16 oktabrga o‘tar kechasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari «Qamchiq» dovonida ob-havoning keskin pasayishi, kuchli shamol esishi va qor yog‘ayotganligi sababli 03:30lar chamasida transport vositalari hamda yo‘lovchilarga yordam berish maqsadida kuzatuv va nazorat ishlari olib borayotgan vaqtida ikkita «Damas» rusumli avtomashinalarning buzilganligi sababli to‘xtab qolganligini aniqlashdi.

Foto: FVV matbuot xizmati 

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avtomashinalarda Samarqand shahridan sport musobaqalaridan 9 nafar 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari 3 nafar murabbiylari kuzatuvida uylariga qaytishayotgan ekan.

Qutqaruvchilar yo‘lovchilarni «Qamchiq» maxsus qidiruv qutqaruv boshqarmasi binosiga olib kelishgan, u yerda issiq ovqat, issiq joy bilan ta'minladilar, erta tongda esa avtomobilni ta'mirlab uylariga jo‘natishgan.

Foto: FVV matbuot xizmati 
Foto: FVV matbuot xizmati 

 

Top