09:16 / 22.10.2018
16997

Jamol Qoshiqchining qallig‘i qo‘riqlov ostiga olindi

Foto: AP Photo/Lefteris Pitarakis

Turkiya hukumati Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida o‘ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchining qallig‘i Hadicha Dengizni qo‘riqlov ostiga oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.  

Ma'lum qilinishicha, ushbu qarorni Istanbul gubernatori qabul qilgan. Ayolning qo‘riqlovga olinishining aniq sababi ko‘rsatilmagan.  

Hurriyet nashrining xabar qilishicha, Dengiz Istanbul xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan kecha-kunduz qo‘riqlanadi.

Dengiz Turkiya fuqarosi bo‘lib, u Qoshiqchi yo‘qolgan kuni u bilan birga Saudiya Arabistoni konsulligiga borgan. Qoshiqchi konsullikda Dengiz bilan nikoh qurish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishi kerak bo‘lgan.

Saudiya Arabistoni 20 oktabrda 2 haftalik rad etishlardan keyin Qoshiqchining konsullikda o‘lganini tan oldi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 23 oktabrda jurnalistning o‘ldirilishi tafsilotlarini oshkor qilishga va'da bergan.

Mavzu
Jamol Qoshiqchining o‘limi
The Washington Post nashri uchun ishlaydigan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirib ketgach, izsiz yo‘qoldi
Barchasi
Top