15:06 / 25.10.2018
182258

O‘zbekistonda Umra safari bo‘yicha kvotalar olib tashlandi. Yangi narxlar e'lon qilindi

Foto: Pinterest

O‘zbekistonda Umra safariga boruvchi ziyoratchilarning sonini belgilash bo‘yicha (kvota) cheklovlar olib tashlandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rais o‘rinbosari Nuriymon Abdulhasan brifingda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etilishicha, avvallari uzoq navbat kutib umra ziyoratiga borgan fuqarolar 13 650 000 so‘m miqdorida pul to‘lagan hamda ularga Makka va Madina shaharlarida yaratilgan shart-sharoitlar bugungi kunda taklif etilayotgan xizmat turidan ancha past va qimmat bo‘lgan.

Video: TasIX

Video: YouTube

2016 va 2017 yillarda Makka va Madina shaharlardagi mehmonxonalar 2 va 3 yulduzli bo‘lib, Ikki Haram masjidlari oralig‘idagi masofaning uzoqligi hamda ziyoratchilarning mehmonxona oshxonasida ovqatlanish imkoniyatlari zamon talablariga javob bermagan.

Endilikda, Jamoatchilik kengashi tomonidan Umra safariga bormoqchi bo‘lgan har-bir fuqaro uchun to‘lanadigan mablag‘ qiymati 5 804 000 so‘m (borish-kelish aviachiptasidan tashqari)  miqdorda arzon bo‘lishiga erishilgan. 

Mazkur mablag‘ga Saudiya Arabistoni podshohligi rasmiy vizasi, Makka va Madina shaharlaridagi 5 va 4 yulduzli mehmonxona, o‘zbek oshpazlari tomonidan tayyorlanadigan taomlar, 24 soatlik bepul tibbiy xizmat, mamlakat ramzlari tushirilgan maxsus libos, ibodat qo‘llanmasi, beyjik, zamonaviy transport hamda boshqa ziyorat xizmatlari kiritilgan (Toshkent – Jidda – Toshkent aviachiptasi narxi 5 096 000 so‘m).

Youtube'da ko‘rish

Mover.uz'da ko‘rish

Top