09:48 / 03.11.2018
10303

Oksana Chusovitina jahon chempionatida to‘rtinchi bo‘ldi

Foto: MOQ axborot xizmati

Qatar poytaxti Dohada sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina ham ishtirok etdi. 

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, jahon gimnastikasi afsonasi o‘zining sevimli yo‘nalishi hisoblangan tayanib sakrash mashqlarida 14,300 ochko jamg‘ardi va to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Oksananing qayd etishicha, musobaqada o‘z darajasida ishtirok eta olmagan, bunga og‘riq xalal berganini aytib o‘tdi. Ammo, 2019 yilda Shtutgart mezbonlik qiladigan jahon chempionatida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘l olishini ta'kidladi.

Sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionati.

Ayollar. Tayanib sakrash:

1. Simona Beylz (AQSh) — 15,366
2. Shellon Olsen (Kanada) — 14,516
3. Aleksa Moreno (Meksika) — 14,508
4. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) — 14,300.

Top