23:58 / 04.11.2018
13534

«Spartak» antirekord o‘rnatdi

Foto: Sport-Ekspress

Rossiya Premer-Ligasining 13-turida «Spartak» «Ural»ni qabul qildi. Moskvadagi «Otkrytiye Arena» stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yinda hisob «Ural»ning bolgariyalik yarimhimoyachisi Nikolay Dimitrovning chiroyli zarbasi orqali ochildi. Ikkinchi bo‘limda Luis Adriano hisobni tenglashtirgandi, ammo ko‘p o‘tmay mehmonlar jamoasi hujumchisi Andrey Panyukov g‘alaba golini urdi.

Shu tariqa, «Spartak» RPLdagi g‘alabasiz seriyasini 3 o‘yinga yetkazdi (bir durang, ikki mag‘lubiyat), «Ural» esa 3 uchrashuv davom etgan g‘alabasiz seriyasiga yakun yasadi (ikki durang, bir mag‘lubiyat).

Qolaversa, bu klub o‘z tarixida ilk marta qatorasiga 4 uchrashuvda mag‘lub bo‘lishidir. Bungacha jamoani Moskvada «Arsenal» (2:3), «Rostov» (0:1) va «Axmat» (1:2) jamoalari yengib qaytishgandi. Moskvaliklar oxirgi 8 uchrashuvda atigi bir marta g‘alaba qozongan.

Qoniqarsiz natijalardan keyin rahbariyat bosh murabbiy Massimo Karrerani ishdan bo‘shatgan va uning o‘rnini Raul Riancho egallagan.

Endilikda «Spartak» 19 ochko bilan Rossiya Premer-Ligasi turnir jadvalida 6-o‘rinda, «Ural» 16 ochko bilan 8-o‘rinda joylashgan.

Keyingi turda 11 noyabr kuni qizil-oqlar jamoasi «Ufa» mehmoni bo‘lishadi.

Rossiya chempionati
13-tur
Spartak – Ural 1:2
 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 29 Dimitrov, 1:1 – 74 Luis Adriano, 1:2 – 76 Panyukov.
Spartak – Maksimenko, Djikiya, Kutepov, Bokketti, Kombarov, Popov (Melgarexo, 80), Ignatov (Yeremenko, 55), Tashayev (Xanni, 55), Zobnin, Petkovich, Luis Adriano.
Ural – Godzyur, Aroyan, Merkulov, Kulakov, Balajits, Dimitrov, Bavin, Bumal, El-Kabir (Aratore, 90), Ilin, Panyukov (Bryzgalov, 85).
Ogohlantirishlar: Aroyan (17), Kutepov (28), Panyukov (38), Djikiya (38), Kulakov (45), Bavin (47), El-Kabir (90).

Top