21:30 / 08.11.2018
26974

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi dast ko‘tarishda jahon rekordini yangilab, oltin medalga ega chiqdi

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.

8 noyabr kuni musobaqa doirasida -102 kg vazn toifasida bahslar o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Akbar Jo‘rayev chiqish qildi. U dast ko‘tarish bo‘yicha bahslarda uchta urinish yakuniga ko‘ra 180 kg. tosh ko‘tardi va jahon rekordini yangiladi.

Shu tariqa, Jo‘rayev dast ko‘tarish yakuniga ko‘ra oltin medalga ega chiqdi. Unda shuningdek, siltab ko‘tarish va ikkikurash yakunlariga ko‘ra medal qo‘lga kiritish imkoniyatlari ham bor.

Bundan avvalroq, -67 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Doston Yoqubov dast ko‘tarishda 139 kg., siltab ko‘tarishda 180 kg. tosh ko‘tardi va umumiy hisobda 319 kg. natija ko‘rsatgan va kumush medal bilan taqdirlangandi.

Top