01:04 / 12.11.2018
63136

Tramp va «pakana» Putinning qo‘l siqishishi internetda memlarga sabab bo‘ldi

Fotosurat olingan rakursdan Rossiya prezidenti amerikalik hamkasbidan juda kaltadek ko‘ringan.

11 noyabr kuni Parijdagi G‘alaba arkasi oldida Birinchi jahon urushi yakunlanganining yuz yilligiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Unda jahonning yetakchi davlatlari va hukumatlari rahbarlari, jumladan Donald Tramp va Vladimir Putin ham ishtirok etdi. «Interfaks» agentligi xabariga ko‘ra, Rossiya prezidenti tadbirga eng so‘nggi bo‘lib yetib kelgan.

Foto AP/TASS

Associated Press agentligi Putin va Trampning fotosuratini e'lon qildi: unda Rossiya prezidenti amerikalik hamkasbidan ancha pakana ko‘rinish olgan, chunki ilgariroq yetib kelgan siyosatchilar balandroqqa chiqishga ulgurishgandi.

TASS muharrirlari ham ushbu suratdan foydalanishgan, bu esa Putinga yoqmasligi mumkin. Avvaldan ommaviy axborot vositalari go‘yoki Rossiya prezidenti o‘zining past bo‘yidan tashvishlanib kelishi, shu sababli jahon yetakchilari bilan uchrashuvda u balandroq poshnali tufli kiyishi haqida yozgandi.

Videoda Putin avval Makron, so‘ngra Merkel xonim, oxirida Tramp va uning rafiqasi bilan ko‘rishganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng u boshqa siyosatchilar turgan minbarga chiqadi.

Ijtimoiy tarmoqdagilar fotoda Putin Trampdan ancha past ko‘rinib qolganini hazil ostiga ola boshlashgan.

Foto:  @d_valkovich
 Foto: @cat_in_chief
 Foto: @cat_in_chief
Mavzuga oid
Top