08:28 / 13.11.2018
14051

Manba: Tojikistonda rossiyalik harbiylarga qarshi qaratilgan terakt oldi olindi  

Foto: Sputnik / Iskandar Aminov

Tojikiston maxsus xizmatlari Rossiya harbiy bazasi va harbiylar farzandlari ta'lim oladigan rus maktabida teraktlar amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish gumoni bilan 12 kishidan iborat guruhni qo‘lga oldi. Bu haqda Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidagi manba ma'lum qilgan.

“12 kishidan iborat jinoiy guruh IShID topshirig‘iga ko‘ra Rossiyaga qarashli 201-harbiy bazaning nazorat-o‘tkazish punkti va Rossiya mudofaa vazirligining Dushanbedagi maktabida terakt sodir etmoqchi bo‘lgan”, deb ma'lum qilgan manba.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, guruh a'zolari 4 noyabrda Dushanbedagi kvartiralardan birida to‘planganda qo‘lga olingan.

Biroq harbiy baza qo‘mondonligi mahalliy hukumatdan terrorchilarning qo‘lga olingani haqida rasmiy ogohlantirish olmagan. Mahalliy OAVda bu haqda e'lon qilingan xabar tekshirilmoqda, baza ehtiyot chorasi sifatida kuchaytirilgan tartibga o‘tkazilgan. 

Top