22:00 / 29.11.2018
10276

2018 yilning eng yaxshi murabbiylari aniqlandi

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2018 yil yakuniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi murabbiylarini e'lon qildi.

Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan Dide Desham 304 ochko to‘pladi va yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Ikkinchi o‘rinni Xorvatiya terma jamoasi ustozi Zlatko Dalich (198 ochko), uchinchi o‘rinni Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines (84) egalladi.

Kuchli o‘ntalikdan Stanislav Cherchesov (Rossiya terma jamoasi), Garet Sautgeyt (Angliya), Oskar Tabares (Urugvay), Tite (Braziliya), Xose Pekerman (Kolumbiya) va Yoaxim Lyov (Germaniya) ham joy oldi.

Top