11:48 / 29.11.2018
20671

Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovni ayblab chiqdi

Foto: Globallookpress

Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha amerikalik jangchi Toni Fergyuson Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) yengil vazndagi rossiyalik chempioni Habib Nurmagomedovning ehtimoliy raqib haqidagi bayonotiga o‘z munosabatini bildirdi.

Fergyuson rossiyalikka qarshi kamar uchun jangga eng birinchi da'vogar hisoblanadi, ammo Nurmagomedov bokschi Floyd Meyvezer bilan uchrashish istagida ekanini ma'lum qildi.

«Men yaxshi bo‘lishga harakat qildim, lekin sen, Habib, hali ham mening qo‘limdasan. Sen qog‘oz qopdan boshqa hech kim bilan boksda bellasha olmaysan. Men sen va sening jamoang oyoqda ishlashni o‘rganayotganini ko‘rmoqdaman - sizlarni taslim etishi mumkin bo‘lganlardan qochib ketishga urinmoqdasizlar. Shunday ishlarni davom ettiringlar, sizlar mayda odamchasizlar. Muxlislar meni sendan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rishadi. Men haqiqiy chempionman, ahmoq», - deya yozgan amerikalik o‘z tvitterida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC rahbari yilning eng yorqin hodisasini ma'lum qilgandi.

 

Mavzuga oid
Top