18:52 / 07.12.2018
98541

Markaziy bank O‘zbekistonda naqd xorijiy valyuta qachondan sotila boshlanishiga oydinlik kiritdi

Foto: Pinterest

Markaziy bank Kun.uz’ga naqd xorijiy valyutani banklarda sotib olishning iloji yo‘qligi bo‘yicha izoh berdi va bunday imkoniyat qachon paydo bo‘lishini ma'lum qildi.

Ma'lumki, joriy yilning 23 martida prezidentning «Bank xizmatlari ommabopligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatga binoan, jismoniy shaxslarga xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani mamlakat hududida naqd shaklda yechib olish huquqi berildi.

Shu bilan birga, o‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi ba'zan o‘z ehtiyojlari uchun 50-100 AQSh dollari sotib olmoqda va plastik karta ochishni mo‘ljallamayapti. Ular naqd valyuta olishda qiynalmoqda hamda «qora» bozordagi valyutafurushlarga murojaat qilishga majbur.

Markaziy bankdan ma'lum qilishlaricha, prezidentning «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini bajarish asosida, Markaziy bank tomonidan yangi tahrirdagi «Valyutani tartibga solish va valyuta nazorati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi hamda hukumatga taqdim etildi. U yuridik va jismoniy shaxslarning valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish bo‘yicha huquqlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Yuqorida qayd etilganlarni hisobga olib, naqd valyutani sotish masalasi «Valyutani tartibga solish va valyuta nazorati to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun qabul qilingandan keyin ko‘rib chiqiladi. 

Mavzuga oid
Top