19:40 / 10.12.2018
23893

Hasanboy Do‘smatov rossiyalik raqibini yengdi, Iqboljon Xoldorov yutqazdi

Foto: karate.ru

9 dekabr kuni boks bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Jahon boks termasiga qarshi uchrashuv o‘tkazdi. Moskvadagi «Rossiya» davlat markaziy konsert zalida o‘tkazilgan bahslarda mezbonlar 6:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Jahon termasi safida o‘zbekistonlik uch nafar bokschi - Hasanboy Do‘smatov, Iqboljon Xoldorov va Lazizbek Mullajonov ishtirok etishdi.

52 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Hasanboy Do‘stmatov raqibi Tamir Galanovni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, -69 kg vazn toifasidagi Iqboljon Xoldorov Shaxabas Maxmudovga yutqazdi. Shuningdek, jahon termasi safida ishtirok etgan yana bir o‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullajonov (+91 kg) Ivan Veryasovdan mag‘lub bo‘ldi.

Boks bo‘yicha Rossiya termasi va Jahon termasi uchrashuvi. Natijalar:

- 52 kg: Tamir Galanov (Rossiya) - Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston)
- 57 kg: Albert Batirgaziyev (Rossiya) - Chatchay Butdi (Tailand)
- 63 kg: Aleksey Mazur (Rossiya) - Oganes Bachkov (Armaniston)

- 69 kg: Shaxabas Maxmudov (Rossiya) - Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston)
- 75 kg: Gleb Bakshi (Rossiya) - Osleys Iglesias Estrada (Kuba)
- 81 kg: Imam Xatayev (Rossiya) - Xulio Sezar de la Krus (Kuba)

- 91 kg: Muslim Gadjimagomedov (Rossiya) - Erislandi Savon (Kuba)
+91 kg: Ivan Veryasov (Rossiya) - Lazizbek Mullajonov (O‘zbekiston).

Mavzuga oid
Top