18:44 / 15.12.2018
46967

Kelajakka marhamat: haqiqatga aylangan texnologiyalar

Yodingizdami, bolalikda fantastik filmlar tomosha qilib, unda namoyish etilgan texnologiyalar hayotga kirib kelishi haqida orzu qilardik. Istaklar ijobat bo‘ldi! To‘g‘ri, u odatiy narsaga aylangani uchun hali sezishga ulgurmadingiz. Gap nima haqida ekanini yodingizga solamiz.

Qo‘shimcha reallik

Magic Leap deb nomlangan kompaniya bor. U besh yildan beri mavjud. Aynan u mazkur texnologiyani ishlab chiqarmoqda. Uning loyihasiga Google investorlik qilmoqda. Kompaniya jami 500 million dollar investitsiya to‘plagan. Haqiqiy mahsulot hali chiqmagan, biroq uning videosi bor. U kishini hayratga soladi.

Imo-ishoralar bilan boshqarish

Istalgan texnikani boshqarishmi? Bir zumda! MYO bilakuzuklarini xarid qiling. Bu qurilma imo-ishoralaringiz va mushaklar harakatini hisoblaydi. Keyin esa yoqilgan qurilmaga buyruq beradi.

Universal qon guruhi

Qonning manfiy rezus faktordagi guruhi universal sanalishi ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Agar odamga qon quyish kerak bo‘lsa, kamyob guruhlar uchun donor topish muammoga aylanadi. Biroq olimlar yangi texnologiyani allaqachon sinab ko‘rishdi. U qon guruhini yagona standartga o‘tkazish imkonini beradi. Sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgan.

Ko‘rinmas po‘stin

U haqida orzu qilganlarimizni bir eslang! To‘g‘ri, hozircha faqat mikroobektlar uchun. Mohiyat shundan iboratki, u yorug‘likni aks ettirib, ko‘rinmaslik effektini beradigan oltin antennalardan tayyorlangan. Mikroobektda kashfiyot sinab ko‘rilgan, uni ko‘pchilik uchun ommabop mahsulotga aylantirish uchun ancha yil talab etiladi.

Yorug‘lik maydoni kamerasi

Unda olingan tasvirlarning ijobiy jihati tayyor suratda fokus va keskinlikni o‘zgartirish imkoniyatidir. Suratkashlar uchun topilmaning o‘zi emasmi? Lytro kompaniyasi allaqachon ana shunday plenoptik kameralarni ishlab chiqarmoqda.

Og‘riqlar yo‘q

Hozirda olimlar inson tanasiga implantatsiya qilish mumkin bo‘lgan mitti qurilma kashf qilishgan. U neyronlarni faollashtirib, butun organizm bo‘ylab yorug‘likni “yetkazadi”. Bu kabi kashfiyot boshqa vositalar yordam berolmaydigan surunkali og‘riqlarga ega kishilar uchun haqiqiy topilmaga aylanishi mumkin.

Simsiz elektr

Simsiz texnika hayotimizga kirib kelgan. Simsiz quvvatoldirgich va televizorlar yodingizda-ku. Tez orada elektr Wi-Fi orqali yetkaziladi.

O‘zini o‘zi boshqaradigan mashina

Ha, ular mavjud va ko‘cha bo‘ylab harakat qilmoqda. Yana haydovchisiz avtobus va samolyotlar ham bor. Bu tez orada ommaviylashishi ehtimoldan xoli emas.

Kompyuter bilan suhbat

Mana bir necha yildirki, ilovalar sabab smarchfonlar bilan suhbatlashyapmiz. Sensor ekrandagi tugmani bosishga erinayotgan bo‘lsangiz, qurilmaga savol bering. Javobni uning o‘zi topadi.

Aqlli internet

Bu ham bor. Muzlatkich tugayotgan mahsulotlarga o‘zi buyurtma beradi, tish cho‘tkasi esa og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasini kuzatadi, maslahatlar beradi va ma'lumotlarni stomatologga yuboradi. Odamlar bu texnologiyadan anchadan beri foydalanishmoqda.

Top