08:54 / 28.12.2018
12368

O‘zbekiston 9 oy davomida 2 mlrd dollarlik gaz eksport qildi

O‘zbekiston joriy yilning 9 oyida 2 mlrd dollarlik tabiiy gaz eksport qildi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Shu bilan birga, 2018 yilning uchinchi choragida gaz eksport hajmi 834,8 mln dollarni tashkil etdi.

Bunda ekspertlik baholashi asosida, umumiy qiymatning umumiy hajmga nisbati sifatida hisoblangan gazning o‘rtacha narxi joriy yilning 9 oyi uchun 1000 kubometr uchun 145 dollarni tashkil qildi.

Top