01:51 / 04.01.2019
17371

Rossiyaning Novocherkassk shahrida 4 qavatli binoning bir qismi qulab tushdi

Foto: CC0

Rossiyaning Novocherkassk shahrida 1-qavatida Sberbank shoxobchasi va bouling-klubi bor bo‘lgan ko‘ngilochar markaz joylashgan 4 qavatli binoning bir qismi qulab tushdi. 

DonDay nashri ma'lumotlariga ko‘ra, voqea soat 18:30 atrofida yuz bergan. Ta'kidlanishicha, binoning hozirda ishlamaydigan Sberbank filiali ustidagi qismi qulab tushgan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, falokat bank ofisida bino rejasi o‘zgartirilgani sababli yuz bergan bo‘lishi mumkin. 

Ta'kidlanishicha, bouling-klubda bino qulashi vaqtida odamlar bo‘lgan. Ular beshikast tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lishgan. 

Qutqaruvchilarning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. 

Hozircha binoning qulagan qismida odamlar bo‘lgan-bo‘lmagani noma'lumligicha qolmoqda, biroq guvohlarning aytishicha, xonalarda chiroq yoqiq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr kuni tonggi soat 4da Rossiyaning yana bir shahri – Magnitogorskda maishiy gaz portlashi oqibatida o‘n qavatli uyning pod'yezdlaridan biri qulab tushgandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, fojia 39 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top