19:26 / 06.01.2019
8760

90 yoshli jahon rekordchisi doping qabul qilishda ushlandi

Amerikalik velopoygachi Karl Gruv ijobiy doping-sinov sababli jahon rekordidan mahrum etildi. Sportchining sinovida epitrenbolon anabolik steroidi topilgan, deb xabar berdi The Telegraph nashri.

Gruv yaqinda 90 yoshga kirgan. U AQSh chempionatida “90-94” toifasidagi sprintda jahon rekordini o‘rnatgandi. Keksa sportchining o‘zi esa taqiqlangan vositani ataylab qabul qilmaganini aytmoqda. Uning ta'kidlashicha, steroid uning organizmiga poyga arafasida yegan go‘sht orqali tushgan.

Tergov davomida Gruv qonida yana bir taqiqlangan vosita – klomifen izlari borligi aniqlangan.

Top